Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga qachon tashrif buyurishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 24 aprel kuni Moskva shahrida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning XX yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Finanz nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, tadbir O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev hamda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin boshchiligida o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi ikki yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 20 foizga o‘sdi. Qayd etish joiz bu MDH davlatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. 

Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkinning ta’kidlashicha,  ikki mamlakat Bosh vazirlari uchrashuvi may oyi oxiriga rejalashtirilgan. Yil oxirida esa O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifini kutilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik mustahkamlanayotgani hamda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi o‘sib borayotganini ta’kidladi.

"Ayniqsa, shuni ta’kidlashni istardimki, tayyor, qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmi o‘smoqda, sababi bu rossiyalik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ular o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan ish olib boradigan kompaniyalardir, bu Rossiya bozoriga yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlaydi", dedi Botir Xo‘jayev.

Xo‘jayev, shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi qo‘shma korxonalar soni ortib borayotganini qayd etdi. 2019 yil birinchi choragida ular soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 400taga ko‘paygan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing