Sharof Rashidovning qizi Islom Karimov haqida
Jamiyat 08 Fevral 17:10 28123

1950-1959 yillarda O‘zbekiston Oliy Kengashi Rayosatining raisi, 1959-1983 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasining  Birinchi  kotibi lavozimlarida ishlagan Sharof Rashidovning qizi Sayyora Rashidova O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov sabab mustaqillikdan so‘ng otasining nomi tiklanganini ma’lum qildi. U Islom Karimov nomidagi Respublikasi xayriya jamoat fondi tomonidan tayyorlangan lavhada shunday deydi: 

“Nihoyat, yurtdoshlarimiz, jumladan, dadamning ham begunoh ekanini dadil ayta olgan va buni isbotlab bergan inson tarix maydoniga chiqdi. Bu ulkan ma’naviy-ruhiy g‘alaba edi”.

Sharof Rashidovning qizi Sayyora Rashidova bilan otasining nomi oqlanishi, Islom Karimov bilan 1991 yildagi ilk uchrashuvi, Ombudsmen lavozimidagi faoliyati hamda padari buzrukvori xususidagi shaxsiy xotiralariga bag‘ishlangan katta intervyu yuqoridagi slayderda tomosha qilishingiz mumkin. 

Mover’da tomosha qiling

 

Sharof Rashidov O‘zbekiston SSRni 24 yil davomida boshqargan hamda respublika xalqining katta mehr-muhabbati va hurmatiga sazovor bo‘lgan inson edi. Aynan Rashidov boshqaruvi davrida, Toshkent shahri 1966 yilda sodir bo‘lgan vayronkor zilziladan so‘ng qaytadan bunyod etilgan edi. O‘tgan asrning 80-yillari o‘rtalarida “paxta ishi” yoki “o‘zbek ishi” deb atalgan uydirmalar oqibatida Sharof Rashidov nomi nohaq qoralanib, o‘sha mudhish yillarda minglab begunoh insonlar hibsga olingan edi.

“Oilamiz ta’qib ostida edi. Islom Abdug‘aniyevich hokimiyatga kelgach, avvalo, nafaqat mening otam, balki butun xalqning nomini oqlashga bel bog‘ladi”, deb xotirlaydi Sayyora Sharofovna.

“Kommunistik partiya hukmronligi davrida O‘zbekistonning pok nomini tiklashga kirishmoq uchun ulkan jasorat sohibi bo‘lish lozim edi”.

“Islom Karimov yurtdoshlarimizga inson o‘z Vatani uchun sidqidildan mehnat qilsa, xalqi uni aslo unutmasligini eslatdi”.
 

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 476
Reyting: 3.0