Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi va raqibi aniq

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum. 

Joriy yilning 24 fevral tongida professional bokschi Shahram G‘iyosov faoliyatidagi yettinchi jangini o‘tkazadi. Meksikaning Tixuana shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan jangda bokschiga meksikalik Edgar Puerto raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov bugungi kunga kelib proffesional ringda 6 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Beshta bahsni muddatidan oldin o‘z foydasiga hal etgan. 

Tajribali Edgar Puerto esa shu kungacha 37 ta jang o‘tkazgan. Ularning 25 tasida g‘alaba qozongan (19 ta nokaut). 11 marotaba mag‘lubiyatga uchragan (5 ta nokaut) va 1 ta durangga erishgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov

Baholaganlar

88

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing