Shahar gubernatori amaldorlar bilan ko‘chada qor kuradi

Olam

image

Bugun, 9fevral kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri gubernatori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Aleksandr Beglov amaldorlarni qor kurash uchun ko‘chaga olib chiqdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Shahar hokimi qor kurash uchun belkurakni olib Petrograd tumaniga hudud rahbari Ivan Gromov va vitse-gubernator Vladimir Kirillov bilan yo‘l olgan. Bundan tashqari vitse-gubernator Lyubov Sovershayeva Markaziy tumanni tozalash bilan shug‘ullangan.

Shaharda Beglov tashabbusi bilan davlat xizmatchilari uchun shanbalik o‘tkazilgan. Ko‘chalarni qordan tozalash uchun shahar ma’muriyati qo‘mitalarining va idoralarning hududiy tashkilotlari xodimlari chaqirilgan.

Peterburg gubernatori 10 yanvar kuni amaldorlar qor tozalash ishlari bilan ko‘proq shug‘ullanishini ma’lum qilgan. Beglov shahar aholisi yo‘llarning muzlashidan shikoyat qilganidan so‘ng shunday qarorga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg

Baholaganlar

98

Reyting

1.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing