Shahram G‘iyosovning chempionlik jangiga 3 kun qoldi

Sport

image

Havaskor boks bo‘yicha jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori Shahram G‘iyosov Toshkent vaqti bilan 27 aprel kuni tongda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

E’tiborlisi, ushbu jang o‘zbeksitonlik bokschi uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Sababi Shahram shu kuni WBA Intercontenintal chempionlik kamari uchun jang qiladi.

AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan jangda o‘zbek charm qo‘lqop ustasiga amerikalik bokschi Emmanuel Teylor raqiblik qiladi. Jang 10 raunddan iborat bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Shahram shu kungacha prof ringda 7 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (6 ta nokaut). Teylor esa 25 marotaba ringga ko‘tarilib, ularning 20 tasida g‘alaba qozongan (14 ta nokaut). Beshta jangda mag‘lub bo‘lgan (1 ta nokaut). Faoliyatidagi yagona nokautini 2017 yilning 6 may kuni Lukas Mattisdan qabul qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov Boks

Baholaganlar

68

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing