Serj Gnabri faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin
Sport
−
27 mart 2019
5135Milan vakillari “Bavariya” hujumchisi Serj Gnabrining o‘yinlarini kuzatib bormoqda. Football.ua manbasi xabariga ko‘ra, Germaniya terma jamoasining Gollandiyaga qarshi kechgan o‘yinida “rossonerilar” skauti maydonda bo‘lgan. Xabaringiz bor, ushbu o‘yinda nemislar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan va gollarning biriga Gnabri mualliflik qilgan edi.
“Milan” 23 yoshli futbolchi uchun kamida 50 mln. yevro to‘lashi kerak bo‘ladi. Gnabri joriy mavsum Myunxen klubi safida 31ta o‘yin o‘tkazib, 9ta gol urdi va 7ta golli pas berdi.
Ma’lumot uchun, mart oyi boshlarida “Bavariya” klubi Gnabri bilan 2023 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan edi.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023