Samarqand shahridagi attraksiondan yiqilgan qiz haqida rasmiy ma’lumot berildi

Jamiyat

image

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida joylashgan istirohat bog‘laridan birida attraksionda uchayotgan qiz otilib ketganligi haqida video tarqalgan edi. 

Ma’lum bo‘lishicha, attraksionda uchayotgan qiz xavfsizlik qoidalariga amal qilmagan. Natijada, u otilib ketgan. Hududdagi odamlardan biri voqeani tasodifan videoga olgan.

Attraksiondagi holat yuzasidan “Yoshlik” istirohat bog‘i rahbari Farhod Jalilov ma’lumot bergan. 

Unga ko‘ra, voqea yakshanba kuni sodir bo‘lgan. 2018 yilda Xitoy davlatidan olib kelingan attraksionda uchayotgan qiz xavfsizlik kamarini muddatidan oldin yechib yuborgan va  yiqilib tushgan. 

Qiz darhol barcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va hech qanday jarohat olmaganligi ma’lum bo‘lgan. 

Bog‘ ma’muriyatining ma’lumot berishicha, istirohat bog‘iga tegishli barcha attraksionlar xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand Attraktsion istirohat

Baholaganlar

232

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing