Saharlikda nima tanovvul qilgan ma’qul?

Bu qiziq

image

Ro‘zador odam saharlikda imkon qadar tez hazm bo‘lmaydigan va yuqori kaloriyaga ega donli mahsulotlarni iste’mol qilishi lozim. 


Bular: suli bo‘tqasi, shirguruch, marjumak (grechika)li ovqat va shu kabilar. 

Sut mahsulotlaridan tvorog, yogurt, qatiq, smetana, sutning o‘zi juda ham foydali. Bu mahsulotlar bilan kun davomida chanqamasdan yurish mumkin. 

Asal, arab xurmosi, yong‘oq, magiz, o‘rik turshagi, olcha qoqi va boshqa shu kabi quruq mevalarni iste’mol qilish kerak. 

Banan, gilos, anjir, o‘rik, shaftoli, olma, olcha, nok va boshqa mevalar bilan saharlik qilib olish lozim. 

Ho‘l mevalarga to‘yib qolsangiz, u bilan birga suv ichmasangiz ham bo‘ladi. Bir litr suv shuncha hajmdagi meva yeyish bilan barobar.

Yuqoridagi to‘rt xil turdagi mahsulotlarni saharlik paytida imkon qadar bir-biriga aralashtirmasdan alohida iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Bu kun davomida o‘zimizni yaxshi his qilishimizga zamin yaratadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

286

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing