Rossiyadan O‘zbekistonga sovuq havo massasi kirib kelyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hafta davomida mamlakatda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

12 fevralda mamlakat hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi,  faqat respublikaning janubida yana nam havo massalarining kirib kelishi hisobiga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.  Harorat kechalari +5...+7 daraja, kunduzi +14...+17 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

13-14 fevralda mamlakatda iliq havo massasi hukm suradi, so‘ng Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 14 fevral kuni kunduzi havo harorati 
+5...+10 daraja yuzladi. 

15 fevralda hududlarning ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati kechasi -2...+3 darajagacha pasayadi, kunduzi +7...+12 darajani tashkil etadi.

16 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +10...+15 darajagacha ko‘tariladi. 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo FVV

Baholaganlar

397

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing