Rossiyadagi o‘zbekistonliklar uchun “O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari” loyihasi taqdim etildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari” nomli yangi loyihani taqdim etdi. Bu haqda O‘zA nashri xabar tarqatdi.

Elchixona veb-saytida maxsus bo‘lim ochilgan bo‘lib, unda yuqori malakali o‘zbekistonliklar uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat va xususiy tashkilotlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

Jadvalda ish beruvchi, faoliyat sohasi, lavozim turi, ish hududi, nomzodlarga talablar, ish haqi hamda murojaat qilish yoki rezyume yuborish uchun telefon raqamlari havola etilgan. Jadvaldagi ma’lumotlar tegishli tashkilotlardan murojaatlar kelishiga qarab muntazam yangilab boradi.


Maqola muallifi

Teglar

elchixona

Baholaganlar

32

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing