Rasman: Sami Yusuf O‘zbekistonda konsert beradi

Madaniyat-san’at

image

Buyuk Britaniyalik taniqli xonanda, diniy qo‘shiqlari bilan dunyo musulmon olamida katta shuhrat qozongan Sami Yusuf O‘zbekistonga keladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Dunyo yulduzi Sami Yusuf joriy yilning 24 avgust kuni Toshkentdagi “Humo arena” muz saroyida “Alloh, saqlagin shu yurtni panohingda” nomli konsert dasturini taqdim etadi. 

Bu haqdagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish uchun QALAMPIR.UZ muxbiri “O‘zbekkonsert” Davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov bilan bog‘landi. Ayni vaqtda ishchi tashrif bilan Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turgan Abduqahharov Sami Yusufning konserti to‘g‘risidagi xabarlarni tasdiqladi va ushbu konsert dasturini o‘tkazish uchun “O‘zbekkonsert” DM tomonidan “Sabr-zavq” MCHJga Konsert-tomosha tadbirini tashkil etish uchun 301-sonli ruxsatnoma berilganini qayd etdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Sami Yusuf 1980 yilda Eron poytaxti Tehron shahrida ozar oilasida dunyoga kelgan. U 3 yasharligida ota-onasi bilan Angliyaga ko‘chib o‘tgan va hozirgacha o‘sha yerda istiqomat qiladi. 

Sami Yusuf bolaligidanoq bir necha musiqa asboblarini chalishni boshlaydi. U Qirollik musiqa akademiyasida tahsil oladi. Uning birinchi musiqiy albomi – “Al muallim” 2003 yilda tinglovchilarga taqdim etildi. Bu albom Sami Yasufga cheksiz mashhurlik olib keldi. Uning ikkinchi albomi esa 2005 yilda “My Ummah” nomi bilan sotuvga chiqdi. Ushbu ikki albom dunyo reytinglarida yuqori o‘rinni egalladi. Ular yarim milliondan ortiq nusxada sotilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Sami Yusuf

Baholaganlar

609

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing