Prezidentlarning tabassumi: O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining ochilish marosimi qanday o‘tdi?

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 15 aprel kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Marosimni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochib, qardosh qozog‘istonliklarni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutladi.

“O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining ochilishi strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib, ishonch va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash kuchayib borayotganidan dalolat beradi. Ushbu muhim voqea xalqlarimiz o‘rtasidagi abadiy va samimiy do‘stlik, madaniy va ma’naviy yaqinlik ramzidi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbek va qozoq xalqlari azaldan bir-biriga tayanch bo‘lib, qiyinchiliklarni yengib o‘tgani, bugungi kunda xalqlarimizning umumiy kelajagini ham birgalikda bunyod etayotgani ta’kidlandi.

“Bugungi kun O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlarida yangi, tarixiy kun sifatida xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik aloqalarini rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi, deb ishonaman”, dedi O‘zbekiston rahbari.

Ma’lumki, 2018 yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston yili deb e’lon qilingan edi. Ushbu sana doirasida madaniyat, san’at, adabiyot, ilm-fan, turizm va boshqa sohalarda 100 dan ziyod tadbirlar o‘tkazildi. Teatr va folklor jamoalari, estrada xonandalarining ijodiy safarlari uyushtirildi. Olmaota shahrida o‘zbek adabiyoti kunlari, Taraz, Chimkent, Qizilo‘rda, Turkiston shaharlarida o‘zbek kinosi kunlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 13 martdagi qaroriga muvofiq qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini o‘rganish tashkil etildi. Qozog‘istonda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi keng nishonlandi.

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekistonda qozoq tili va madaniyatini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi. Qozog‘iston yili doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar qardosh xalqlarimiz madaniy aloqalarini yanada mustahkamlashini qayd etdi. 

O‘zbekistonda Qozog‘iston yiliga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Uning doirasidagi tadbirlar san’at, fan, ta’lim va tadbirkorlik sohalari vakillariga o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, bilim va tajriba almashish uchun yangi ufqlar ochadi. Madaniyatlar bir-birini boyitishiga, xalqlar yanada yaqin bo‘lishiga xizmat qiladi.

Ochilish marosimi katta konsert dasturi bilan davom etdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qosim Jomart Toqaev O'zbekistonda Qozog'iston yili

Baholaganlar

51

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing