Prezident Mirziyoyev yana bir xalqaro mukofotga loyiq ko‘rildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSHning O‘zbekistondagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha strategik markazining nufuzli mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda joriy yilning 28 fevral kuni Buyuk Britaniya Parlamentida bo‘lib o‘tgan Strategic Westenting’ning 2019 yilgi hisoboti taqdimotida e’lon qilingan. Tadbirda deputatlar,  tahliliy jamoatchilik va xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. 

Prezident Mirziyoyev iqtisodiyotni liberallashtirish,  sarmoyaviy muhitni yaxshilash,  qonun ustuvorligi va O‘zbekistonda xususiy mulkni himoya qilish tamoyillariga rioya qilish uchun “StrategEast Westernization Award – 2018” mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi.  Bundan tashqari, prezident Mirziyoyevning chegara ziddiyatlari va qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi ta’kidlandi. 

“StrategEast Westernization Award” mukofoti har yili sobiq Ittifoq davlatlarini modernizatsiya qilishda, shuningdek, mintaqa mamlakatlari iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun beriladi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing