Pochettinoga transferlar uchun 300 mln yevro ajratiladi

Sport

image

Italiyaning “Milan” klubi rahbariyati argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettinoni jamoa murabbiyligiga taklif qilmoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, agar mutaxassis taklifga rozi bo‘lsa, “rossonerilar” yozgi transfer oynasi uchun unga 300 mln. yevro ajratib bermoqchi. “Milan” ijrochi direktori Ivan Gazidis Pochettinoni klubda ko‘rishni istayapti.

“Tottenxem” rahbariyati mutaxassis bilan xayrlashmoqchi emas. Klub prezidenti Deniyel Levi argentinalikni jamoada qolishga ko‘ndirmoqchi.

Pochettino 2014 yil “Tottenxem” bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi muddati 2023 yilgacha belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Maurisio Pochettino Milan

Baholaganlar

14

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing