“Paxtakor”dan yana bir yirik g‘alaba

Sport

image

Bugun, 16 may kuni O‘zbekiston Superligasining 9-tur o‘yinlariga start berildi.

Turning ilk bahsida vodiyning “Andijon” jamoasi Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qildi. O‘yin Farg‘ona shahrida joylashgan “Istiqlol” stadionida o‘tkazildi.

Uchrashuvda mehmonlar Marat Bikmayevning dubli va Cheranning goli evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi.

“Andijon” – “Paxtakor” 0:3 (0:1, 0:2).
Farg‘ona shahri, “Istiqlol” stadioni.

Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Nayim Qosimov. 
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov.  
Komissar: Sardor Qudratullayev. 

Gollar: Dragan Cheran 45+3 penalti, - 0:1. Marat Bikmayev 81, - 0:2. Marat Bikmayev 85, - 0:3.

“Andijon”: Vitaliy Mirniy, Bobir Omonov, Oybek Qilichev, Farhod Bekmurotov, Shahzod Ubaydullayev (Shahboz Jumaboyev, 79), Abdulloh Olimov (Ibrohim Otaxonov, 59), Ildar Mamatkazin, Abdurahmon Abdulhaqov (Ro‘zimboy Ahmedov, 74), Radosav Aleksich, Asror G‘ofurov, Abror Xusinov.

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Akramjon Komilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Igor Sergeyev, Dostonbek Hamdamov (Marat Bikmayev, 78), Odil Hamrobekov (Farrux Sayfiyev, 90), Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jayev (Vladimir Kozak, 76), Darko Simich.

Ogohlantirishlar: Shahzod Ubaydullayev 42, Radosav Aleksich 64, Marko Simich 67.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Superliga

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing