Qozog‘iston O‘zbekistonga neft eksportini ko‘paytirmoqchi, biroq...

Olam

image

Qozog‘iston O‘zbekistonga neft xomashyosi yetkazib berishni ko‘paytiradi. Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev Majlisning plenar yig‘ilishida ma’lum qildi

Deputatlar yig‘ilishda ikki davlat hukumatlari o‘rtasida energetika sohasida imzolangan shartnomani ratifikatsiya qilgan. 

Bozumbayev O‘zbekiston yiliga 5 mln tonna, jumladan, Rossiyadan 3 mln tonna, Qozog‘istondan 2 mln tonna neft sotib olishdan manfaatdor ekanini aytgan. Vazirning ta’kidlashicha, neft eksportida transport muammosi mavjud. Transport infrastrukturasi sezilarli investitsiya kiritishni talab etadi.

Eslatib o‘tamiz, deputatlar hukumatlararo shartnomani ratifikatsiya qilishi ortidan Qozog‘iston janubiy viloyatlarida gaz ta’minotini yaxshilashga erishadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qozog'iston neft'

Baholaganlar

78

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing