Ostonada O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi qurilyapti
Jamiyat
−
27 fevral 2019
8360Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi binosi qurilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 26 fevral kuni Qozog‘istonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Ostona shahrida qurilayotgan O‘zbekistonning bo‘lajak elchixonasi binolari majmuasini borib ko‘rdi.
Qurilish ishlari 2018 yilning may oyida Qozog‘iston poytaxtining Olma-ota tumanida boshlangan edi.
Elchixona bergan ma’lumotlarga ko‘ra, diplomatik vakolatxona binosining qurilish ishlarini 2019 yil yakuniga qadar tugallash mo‘ljallangan.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023