Olmaota-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus YTHga uchradi. 11 kishi vafot etgani aytilmoqda

Olam

image

Bugun, 20 aprel kuni tongda Qozog‘iston hududida Olmaota-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus yo‘l-troansport hodisasiga uchragan. Tengrinews.kz tarqatgan xabarlarga ko‘ra, YTH oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan.

Hodisa bugun soat taxminan 5:00lar atrofida, Jambil viloyati Korday tumanida, Olmaota-Toshkent avtoyo‘lining 181-kilometrida yuz bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, Toyota rusumli yengil avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Ortan kelayotgan avtobus haydovchisi yuqoridagi YTHga uchragan transport vositalari bilan to‘qnashib ketishdan saqlanish maqsadida, avtobus rulini keskin burib yuboradi. Natijada boshqaruvni to‘liq qo‘ldan chiqaradi va avtobus yo‘ldan chiqib ketgan holda ag‘darilib tushadi.

Voqea joyida sakkiz kishi vafot etgani aytilmoqda. 32 nafar yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. U yerda jarohatlanganlarning yana uch nafari vafot etgan. Vafot etganlarning shaxslari ma’lum qilinmagan.

Voqea yuzasidan Jambil viloyat hokimiyati va prokuraturasi shug‘ullanmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing