Oksana Chusovitina jahon kubogida kumush medalga sazovor bo‘ldi

Sport

image

Avstraliyaning Melburn shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada sayyoraning yetakchi gimnastlari sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib bormoqda. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 23 fevral kuni ayollar o‘rtasidagi tayanib sakrash bahslarida final bellashuvlari tashkil etildi. Quvonarlisi, o‘zbek sporti afsonasi Oksana Chusovitina hal qiluvchi chiqishda 14,200 natija ko‘rsatib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu borada birinchi o‘rinni Janubiy Koreya vakilasi Seo Jeong Yeo (14,266 ochko) egallagan bo‘lsa, xitoylik Linmin Yu (14,083) kuchli uchlikka yakun yasadi.

Chusovitina bu orqali qimmatli bo‘lgan ochkolarini o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Oksana Chusovitina Avstraliya

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing