Neft quvurlariga hujumlar butun jahon iqtisodiyotiga tahdid solmoqda

Olam

image

Saudiya Arabistonidagi neft quvurlariga hujumlar nafaqat qirollikka qarshi qaratilgan, balki butun jahon iqtisodiyotining xavfsizligiga tahdid solmoqda. 

Bu haqda Saudiya Arabistoni matbuotidagi Qirollik hukumatining maxsus bayonotida ma’lum qilingan. 

“Neft quvuridagi nasos stansiyalariga qarshi provokatsiya nafaqat qirollikka qarshi, balki jahon bozoriga va butun jahon iqtisodiyotiga neft yetkazib berish xavfsizligiga putur yetkazishga qaratilgan”,  deyiladi bayonotda.  

Saudiya hukumati ta’kidlaganidek, “barcha terrorchi tashkilotlarga, jumladan Yamandagi husiychi “Ansor Alloh” jangarilariga qarshi kurashish muhim ahamiyatga ega”.

Seshanba kuni Qirollikning energetika, sanoat va mineral resurslar vaziri Holid al-Falah mahalliy vaqt bilan soat 06: 00dan 06: 30 gacha uchuvchisiz qurilmalar qirollik sharqidan port shahar Yanbudagi dengiz portigacha cho‘zilgan neft transportirovka qilinadigan quvurlarga hujum uyushtirilganini e’lon qilgan edi. Holid al-Falah shuningdek, hujum sabab neft qazib olish va eksport qilish to‘xtab qolmagani, qurbonlar va yaradorlar yo‘qligini bayon qildi. 

Al Massira telekanali ma’lumotiga ko‘ra, hujum isyonchi husiylarning yettita uchuvchisiz boshqariluvchi qurilmalari tomonidan amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing