Nazarboyev Qozog‘iston kuch tuzilmalarida rahbar kadrlarni almashtirdi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatning qator kuch tuzilmalarida rahbarlar o‘zgardi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan Kalmuxanbet Qosimov prezident yordamchisi – Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi.

Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimida ishlab kelgan Gabit Bayjanov Qozog‘iston Tashqi razvedka xizmati direktori etib tayinlangan. Avval bu tashkilotga rahbarlik qilgan Isatay Sartayev Tashqi razvedka xizmati direktori o‘rinbosari lavozimiga tushirilgan.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Yerlan Turg‘umbayev esa Kalmuxanbet Qosimov o‘rniga Ichki ishlar vaziriga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekistonning kuch tuzilmalarida ham o‘zgarishlar bo‘lgandi. DXX raisi lavozimidan ozod qilinib, Mudofaa vaziri uning o‘rnini egalladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

96

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing