Nadiya Dusanova Osiyo chempioniga aylandi

Sport

image

Qatar poytaxtida o‘tkazilayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. O‘zbek atletlari navbatdagi medallarini balandlikka sakrash sektorida qo‘lga kiritishdi.

Qit’ada tengsiz hisoblanadigan Svetlana Radzivil hamda Nadiya Dusanova Doxada ham birga shohsupaga ko‘tarilishdi. Mazkur qit’a chempionatida g‘oliblik Nadiya Dusanovaga nasib etdi. O‘zbek sportchisi oltin medalni qo‘lga kiritishi uchun 1.90 metr balandlikdan oshib o‘tishi talab etildi.

Svetlana Radzivil bu safar bronza medali bilan cheklandi. Radzivil qozog‘istonlik raqibasi bilan birga bir xil 1.88 metr natija qayd etgan bo‘lsa ham, urinishlar bo‘yicha qo‘shni mamlakat vakilasi ustunlik qildi.

Shu tariqa mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining jamg‘argan medallari soni 3 ta oltin va 1 ta bronzaga yetdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlari o‘tkaziladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nadiya Dusanova Svetlana Radzivil

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing