Musulmonlar idorasida janjal ko‘targan ikki erkak ishini DXX ko‘rib chiqadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 8 aprel kuni O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov bilan uchrashuvni tashkillashtirishni qo‘pol tarzda talab qilayotgan ikki nafar erkak kishinining IIBB tomonidan javobgarlikka tortilgani haqida ma’lum qilgan edik.

Toshkent shahar ichki ishlar Bosh Boshqarmasi tomonidan fuqarolar 1975 yilda tug‘ilgan Karimov Rustambek Abdurashidovich va 1971 yilda tug‘ilgan Astanov Tulkun Tashmuradovichga nisbatan to‘plangan materiallar qonuniy chora ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga taqdim etdi. Bu haqda O‘zA nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur materiallar huquqiy baho berish maqsadida DXXning Tergov Boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Natijada R.Karimov va T.Astanovga tegishli mobil telefonlar xotiralarida mamlakatimizda faoliyati ta’qiqlangan ekstremistik tashkilotlarga tegishli va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan hamda aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar mavjudligi aniqlangan.

R.Karimov va T.Astanovning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjudligi inobatga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasiga asosan mazkur shaxslar ushlanib, DXX tergov hibsxonasiga joylashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

386

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing