MTJ “China Cup” musobaqasida qatnashadi

Sport

image

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi "China Cup" musobaqasida qatnashadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Mazkur musobaqa 18-26 mart oralig‘ida Xitoyning Guansi shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tayland kabi terma jamoalari ishtirok etadi.

Qur’aga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi Tayland bilan, Xitoy esa Urugvay bilan to‘p suradi. Ikkinchi o‘yinda dastlabki juftliklar g‘oliblari o‘zaro kuch sinashadi. Shuningdek, birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan jamoalar ham bir biri bilan yana bitta o‘yin o‘tkazadi. 

Ma’lumot uchun, "China Cup" musobaqasi ikki yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2017 yil musobaqada Chili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnashgan. Chili terma jamoasi g‘olib chiqqan. 2018 yilda mazkur turnirda Urugvay, Uels, Chexiya va Xitoy ishtirok etdi. Urugvay terma jamoasi g‘olibga aylandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

MTJ China cup

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing