MOQda turkiyalik vakil ish boshladi
Sport
−
08 fevral 2019
5722O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi kengashi raisi Erjan Bulut O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida jamoatchi vakil sifatida ish boshladi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmatm xabar bermoqda.
U ikki mamlakat sporti, xususan, futboli borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, loyihalar va boshqa masalalarda vakil sifatida ishlaydi. Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida sport sohasida hamkorlik qilish, tajriba almashish, ikki mamlakat futboli o‘rtasida yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish, terma jamoalar, klublar o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilish va boshqa shu kabi rejalarni amalga oshirilishiga ko‘mak beradi.
Ma’lumot uchun, Erjan Bulut 1970 yil 13 oktyabrda Anqara shahrida tavallud topgan. O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi kengashi raisi, "Ziraat Bank" kengashi maslahatchisi, O‘zbekiston va Turkiya Ziraat Finans Group koordinatori hisoblanadi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023