Mirabror Usmonov og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi 71 yoshli Mirabror Usmonov joriy yilning 12 mart kuni poytaxtdagi “Ezgu niyat” klinikasiga yotqizilgan. QALAMPIR.UZ manbasi yetkazgan ma’lumotlarga qaraganda, Usmonov klinikaga og‘ir ahvolda olib kelingan va jonlantirish bo‘limiga olingan. U hamon koma holatida qolayotgani aytilmoqda. 

QALAMPIR.UZ’ga oid ma’lumotlarga ko‘ra, Usmonov joylashtirilgan klinika uning o‘ziga tegishli bo‘lib, eng yangi va zamonaviy nemis texnologiyalari bilan jihozlangan. 

Usmonovga qo‘yilgan tashxis ma’lum emas. Biroq, uni eskidan yaxshi bilganlarning qayd etishicha, Mirabror Zufarovich bronxial astma kasalligiga chalingan. 

Ma’lumot o‘rnida, Mirabror Usmonov 1947 yilning 4 iyulida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 

•    1961 yildan 1967yilgacha — Toshkent shahridagi “Bahor“ restoranida oltinchi razryadli oshpaz;
•    1970 yilda — Toshkent shahridagi “Guliston“ restoranining ishlab chiqarish bo‘yicha mudiri;
•    1970 yildan 1986 yilgacha — “Do‘stlik“ va “Zarafshon“ restoranlari direktori,  Toshkent shahri restoranlar tresti direktori;
•    1986 yildan 1990 yilgacha — Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasining Umumiy ovqatlanish bosh boshqarmasi boshlig‘i;
•    1990 yildan 1992 yilgacha — O‘zbekiston Respublikasi savdo vaziri;
•    1992 yildan 1994 yilgacha — “O‘zbeksavdo“ kompaniyasi raisi;
•    1994 yildan 2005 yilgacha — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari;
•    2005 yildan 2017 yilgacha — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator;
•    2006 yildan 2017 yilgacha — O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti (2009 yili keyinggi to‘rt yillik muddatga qayta saylangan);
•    2013 yildan 2017 yilgacha O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti;
•    2015 yildan 2018 yilgacha — Markaziy Osiyo Futbol uyushmasi prezidenti o‘laroq faoliyat yuritgan.

1995 yilda “Mehnat shuhrati“ ordeni, 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Maqtov yorlig‘i, 2006 yilda “O‘zbekiston mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni, 2012 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida – 2017 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Mirabror Usmonov

Baholaganlar

137

Reyting

3.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing