Messining mehmonxonalar tarmog‘i haqida bilasizmi?

Bu qiziq

image

Argentina terma jamoasi va “Barselona” hujumchisi Lionel Messi yana bir mehmonxona sotib oldi.

U mazkur otelda kapital ta’mirlash ishlarini olib borishni rejalashtirmoqda. Kapital ta’mirlash ishlari may oyidan boshlanadi. 4 qavatli mexmonxona 98ta nomerdan iborat bo‘ladi.

Avvalroq, 31 yoshli futbolchi Ibitsa oroli va Sidjes shaharchasidagi mexmonxonalarni ham sotib olgandi.

Ma’lumot uchun “Barsa” forvardi Lionel Messi 2017 yilda Malorka orolidagi 4 yulduzli “Sea Som Fona” nomli mehmonxonaning xo‘jayiniga aylangan edi.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi 2017 yilda ham Barselona shahridagi sohilga yaqin joydan mehmonxona sotib olgan edi. Ushanda Argentina terma jamoasi futbolchisi 30 mln. yevro evaziga 77 ta xonaga ega bo‘lgan 4 ta yulduzli lyuks mehmonxona xarid qilgandi.

Shuningdek, Lionel Messi Bali orolidan ham mehmonxona sotib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi

Baholaganlar

274

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing