Messi “Barselona” sardori sifatida 100 ta o‘yin o‘tkazdi
Sport
−
24 aprel 2019
3097Argentina terma jamoasi va “Barselona” hujumchisi Lionel Messi Kataloniya klubi safida sardor sifatida 100ta o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi.
Argentinalik futbolchi kecha La Liganing 34-turidan o‘rin olgan “Alaves”ga qarshi bahsning 61-daqiqasida Usmon Dembele o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi va Serji Busketsdan sardorlik bog‘ichini qabul qilib oldi. Bu uning “Barselona” sardori sifatidagi 100-o‘yini bo‘ldi.
Messi “Barselona” sardori bo‘lgan 99 ta o‘yinda jamoa 79 bahsni o‘z foydasiga hal qilgandi. Shuningdek, futbolchining o‘zi bu o‘yilardan 105 ta gol urgan.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023