Maykl Foksni mag‘lub etgan Shohjahon Ergashev O‘zbekistonga qaytdi

Sport

image

Joriy yilning 15 fevral kuni o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev AQSHda faoliyatidagi 16-jangni o‘tkazgandi. Mazkur bahsda unga amerikalik Maykl Foks raqiblik qilgan va 10 raundlik jangda Shohjahon ochkolar hisobiga g‘alaba qozongandi.

Bugun, 21 fevral kuni Ergashev O‘zbekistonga qaytib keldi. Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi vakillari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali ravishda kutib oldi.

27 yoshli Shohjahon Ergashev bungacha professional ringda 16 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal etgan. 14 ta jangda u raqiblarini nokautga uchratgan.

Shohjahon navbatdagi jangini shu yilning 13 aprel kuni o‘tkazadi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing