Markaziy bank esdalik tangalarning yangi narxini belgiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki esdalik tangalarning 2019 yil 24 apreldan amalda bo‘ladigan narxlarini belgiladi. 

Unga ko‘ra: 

1 ta oltin tanga narxi 100 000 so‘mga arzonladi va 13 400 000 so‘m etib belgilandi.

1 ta kumush tanga narxi esa o‘zgarmadi va 252 000 so‘mligicha qoldi. 

Esdalik tangalarning har birini og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.

Eslatib o‘tamiz, sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan. Ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. 2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish yo‘lga qo‘yildi. 

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank esdalik tanga

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing