“Lukoyl” O‘zbekiston orqali o‘z ahvolini yaxshilab olmoqchi

Olam

image

Rossiyaning “Lukoyl” neft kompaniyasi O‘zbekiston iqtisodiga ishonyapti. Kompaniya O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar evaziga sanksiyalar bilan bog‘liq vaziyatni yumshatishni ko‘zlayapti. Bu haqda kompaniya rahbari Vagit Alekperov ma’lum qildi.

Alekperov kompaniya yaqinda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida izlanishlar olib borish bo‘yicha kelishuvga erishganini ta’kidladi. Kompaniya loyihalari muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun Qoraqlpog‘iston hududidan yangi konlar topishga umid qilyapti.

Qayd etish kerakkki, “Lukoyl” bugungi kunda O‘zbekistonda ikki yirik loyiha – Hisor va Qandim konlar guruhi bo‘yicha ish olib boryapti.

“Hozirda O‘zbekiston iqtisodi nafaqat uglevodorod sohasida, balki rangli va qora metallurgiya, qishloq xo‘jaligi sohasida ham tez rivojlanyapti. Biz O‘zbekiston iqtisodiga va Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosatga ishonamiz”, deb ta’kidlagan “Lukoyl” rahbari.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda “Qandim-Xauzak-Shodi-Qo‘ng‘irot” gaz loyihasi “Lukoyl” tomonidan amalga oshiriladi. Shartnoma 35 yilga tuzilgan bo‘lib, 2039 yilda yakuniga yetadi.

“Lukoyl” hozirda O‘zbekistonda yiliga 14,5 milliard kubometr gaz qazib olmoqda. Kompaniya mamlakatdagi loyihalar uchun 8 milliard dollar investitsiya kirgizgan va 4 milliard dollarni allaqachon qaytargan.


Maqola muallifi

Teglar

neft' Lukoyl

Baholaganlar

87

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing