“Liverpul” yarim finalda “Barselona” bilan o‘ynaydi

Sport

image

Kecha, 17 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasining chorak final so‘nggi javob uchrashuvlari o‘tkazildi.

Portugaliya mezbonlik qilgan bahsda, “Liverpul” barcha taxminlarni oqlab, mahalliy “Portu”ni yirik hisobda taslim etdi.

Endi mersisaydliklar yarim finalda “Barselona”ga raqib bo‘ladi. Dastlabki bahs 30 aprel kuni Kataloniya poytaxtida o‘tkaziladi.

“Portu” – “Liverpul” 1:4 (0:1, 1:3).

Portu shahri, “Dragan” stadioni.

Gollar: 0:1 – 26 Mane, 0:2 – 65 Saloh, 1:2 – 68 Eder Militao, 1:3 – 77 Firmino, 1:4 – 84 van Deyk.

“Portu”: Kasilyas, Pepe, Eder Militao, Telles, Felipe, Korona (Fernando, 78), Danilu Pereyra, Marega, Otavio (Soares, 46), Braimi (Brunu Koshta, 81), Errera.

“Liverpul”: Alisson, Matip, Robertson (Xenderson, 71), Aleksander-Arnold (Gomes, 66), van Deyk, Milner, Fabino, Veynaldum, Mane, Saloh, Origi (Firmino, 46).

Ogohlantirishlar: Mane (32), Pepe (36).

Birinchi o‘yin: 0:2.


Maqola muallifi

Teglar

EChL Liverpul' Portu

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing