Kuper ham nolishni boshladi

Sport

image

Biroz avval O‘FA binosida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani o‘tkazildi. 

Anjumanda murabbiy terma jamoaning Xitoyda bo‘lib o‘tadigan yig‘ini borasida so‘z yuritar ekan, yig‘in uchun juda ham qisqa vaqt ajratilaganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Argentinalik mutaxassisning fikricha 8 kun ichida nimagadir erishish yoki nimanidir sinovdan o‘tkazishning iloji yo‘q. 

“Men qo‘l ostimda mavjud bo‘lgan tarkib bilan natija ko‘rsatishim zarur. Qandaydir sinovlarni o‘tkazish uchun vaqt juda kam. Siz meni kam vaqt deganim uchun bahona izlayotganga chiqarayapsiz. Lekin terma jamoa uchun ham ko‘proq vaqt bo‘lishi kerak. Har xil klublardan kelgan futbolchilardan ikki yoki uch kunda birdan jamoa tuzib bo‘lmaydi”, deya fikr bildirdi Kuper matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 18 martdan 25 martgacha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xitoyda yig‘in o‘tkazadi. Yig‘in davomida ilk o‘yin 22 mart kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladi. Biroz oldin Xitoyga boradigan tarkib to‘liq e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ektor Kuper O'zbekiston milliy terma jamoasi

Baholaganlar

214

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing