Kim Chen In o‘tirgan poyezd Rossiyaga yetib keldi
Olam
−
24 aprel 2019
7201Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In davlat tashrifi bilan Rossiyaga yetib keldi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.
KXDR vakillari joy olgan poyezd Primoredagi Xasan temir yo‘llari stansiyasiga kelib to‘xtagan. Kim Chen Inni u yerda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosarlari Aleksandr Kozlov va Igor Morgulov, Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Koreyadagi elchisi Aleksandr Matsegora kutib oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Kim Chen In hozirda Primoredan Vladivostokka yo‘l olgan, u yerda 25 aprelda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi kutilmoqda.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023