Kichik Islom Karimov: “Bobomda qizi xalq muhabbatini undan o‘g‘irlab oladi degan xavotir bo‘lgan”

Intervyu

image

Ayni vaqtda Karimovlar oilasi, xususan, Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimovning ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezident Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘rab yozgan murojaati muhokamalar maydonida asosiy mavzu bo‘lib turibdi. Tahririyatimiz kichik Islom Karimovning 2017 yilda BBC’ga bergan intervyusini yana bir bor ko‘z ko‘chirdi. 

Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimov ushbu intervyuda bobosi – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora bilan munosabatlariga to‘xtalgan. 

“Bobom har doim onamga “Hech qachon mendan oshib ketmasliging kerak”, deb aytib kelgan. Bobomda o‘z qizi unga bo‘lgan xalq muhabbatini o‘g‘irlab oladi degan xavotir bo‘lgan. Onam hech qachon bunga urinmagan va har doim uni ko‘klarga ko‘targan”. 

Kichik Islom Karimov so‘zida davom etarkan, bobosi onasining TV ekranlari va matbuot sahifalarida chiqishini istamaganini aytadi. 

“Muammo shundaki, bobom bir necha bor uyida o‘tirib, onamni televizorda ko‘rgan. Onam u yerda yo bu yerda ko‘rinish bergan. U shunchalar g‘azablanganki, ba’zi jamoatchilik ishlarini undan yashirishga majbur bo‘lganmiz. Bobom uning o‘zbek matbuoti, telekanallar, marosimlarda chiqishini istamagan. Shuning uchun Fond forumda bo‘lgan “Mehr nuri”, “Yangi avlod” kabi ba’zi kampaniyalarni rasmiylashtirishimiz juda qiyin bo‘lgan. Ilk yillari onam ularga bog‘liqligini rad etgan. Vasiylik kengashida ismi tursa-da, bu mening g‘oyam deb aytolmasdi. Agar aytsa, bobom “Mana, sen mendan hokimiyatni o‘g‘rilamoqchisan”, deb aytgan bo‘lardi”, degan kichik Islom Karimov. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Kichkina Islom Karimov

Baholaganlar

823

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar