Xorvatiya prezidenti terma jamoa o‘yinini maydonda tomosha qildi

Sport

image

Xorvatiya Respublikasi prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich mamlakat milliy terma jamoasining navbatdagi o‘yinini muxlis sifatida maydonda tomosha qildi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatdi.

Rossiyada o‘tkazilgan Jahon chempionatidan so‘ng hamma uchun birdek tanish bo‘lib qolgan prezident xonim Xorvatiya terma jamoasining Yevro 2020 saralashi doirasidagi Vengriyaga qarshi safar o‘yinini terma libosini kiygan holda, oddiy muxlislar joylashgan sektorda tomosha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yinda Xorvatiya terma jamoasi Vengriyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorvatiya Kolinda Grabar-Kitarovich

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing