Kannda O‘zbekiston milliy paviloni ochildi

Jamiyat

image

Kecha 14 may kuni 72- xalqaro Kann festivali doirasidagi Marché du Film kinobozorida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston miliy paviloni mana ikki yildirki mamlakatimiz kinoindustriya salohiyatini Kannda rasman namoyish qilmoqda. Kinosanoati mutaxassislari va ijodkorlardan tarkib topgan O‘zbekiston delegatsiyasining vazifasi – mamlakatimizning kinolokatsiyalari hamda xorijiy kinoloyihalarni amalga oshirish (koprodakshn) salohiyatini taqdim etishdir. 

Butun dunyodan kinomatografiya sohasi vakillari ishtirok etadigan kinobozorda O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari qo‘shma kinoloyihalar tayyorlash hamda chet el kinokompaniyalarini yurtimizga fil’mlar suratga olish uchun jalb qilish yuzasidan muzokaralar olib boradi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Frantsiya O'zbekiston Kann

Baholaganlar

5

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing