Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlab ketildi

Olam

Joriy yilning 16 aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda “Zakon.kz - novosti Kazaxstana” telegram kanali malum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha o‘zbekistonlik S.Ya. Qozog‘istondagi o‘z kvartirasidan o‘g‘irlab ketilgan. Jinoyat Qozog‘istonning uch fuqarosi tomonidan sodir etilgani aytilmoqda.

1990 va 1991 yillarda tug‘ilgan uch jinoyatchi Ya.S.ning xonadoniga kuch bilan bostirib kirgan va uni olib chiqib ketishgan. So‘ngra jabrlanuvchining do‘sti M.S.dan 300 ming tenge talab qilishgan. Huquq-tartibot xodimlari tomonidan ma’lum qilinishicha, M.S. jinoyatchilar talab qilgan pulning 100 ming tengesini berishga majbur bo‘lgan. 

Odam o‘g‘rilarining har uchalasi ham qo‘lga olindi. Ulardan ashyoviy dalil sifatida pul va jabrlanuvchilardan biriga tegishli bo‘lgan “Lada Largus” avtomobilining kaliti olingan. Shu bilan birga jabrlanuvchi Ya.S.ga nisbatan qiynoq qo‘llashda ishlatilgan – sharq yakkakurashlari, xususan karatedagi sovuq qurol ham huquq-tartibot xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida jinoyat ishiga kiritilgan. 

Jinoyatchilarga nisbatan odam o‘g‘irlash va ta’magirlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

141

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing