Qosim-Jomart Toqayev Nazarboyevning qaroriga o‘zgartirish kiritdi

Jamiyat

image

Bugun, 22 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev davlat ishida ishlovchi xodimlarning oylik maoshini oshirishni 1 iyun oyiga ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

“Hukumatga byudjet sohasida kam haq to‘lanuvchi xodimlar ish haqini oshirishni 2019 yil 1 iyuldan 1 iyunga ko‘chirish to‘g‘risida topshiriq berdim. Bu qaror bir milliondan ortiq davlat xizmatchilarining hayotiga bevosita ta’sir qiladi”, deyiladi Toqayevning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, joriy yilning fevral oyida Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 2019 yil 1 iyuldan boshlab ijtimoiy soha xodimlariga ish haqi 30 foizga oshirilishi to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 mart kuni Nursulton Nazarboyev mamlakat prezidentiligini topshirib, iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini Parlament Senati raisi Qosim-Jomart Toqayev egalladi. Senat raisligiga esa Darig‘a Nazarboyeva saylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart Toqaev

Baholaganlar

310

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing