Qiziqchi tomosha vaqtida vafot etdi

Olam

image

Buyuk Britaniyalik komik Yan Kognito Bister shahridagi barlardan biridagi chiqishi vaqtida vafot etdi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

“Tasavvur qiling, men insultga chalinaman, o‘zimga kelganimda esa valliy tilida suhbatlashaman”, deb hazil qilgan Kognito.

Bir necha daqiqa o‘tgach, so‘z ustasining ahvoli og‘irlashib, o‘tirib qolgan. Tomoshbinlar uning harakatini sahna ko‘rinishining bir qismi deb hisoblagan.

Kognitoga tez yordam chaqirilgan, biroq yetib kelgan brigada uning o‘limini qayd qilgan. Sanatkor 60 yoshida yurak hurujidan vafot etdi.

Yan Kognito faoliyatini 1980-yillarda boshlagan. 1999 yilda u "Time Out" versiyasiga ko‘ra, eng yaxshi “stendap-komik” unvoniga sazovor bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Yan Kognito

Baholaganlar

169

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing