Qirg‘izistonda ham poytaxt nomini o‘zgartirish taklif qilindi

Olam

image

Qirg‘iziston prezidenti apparatining sobiq rahbari Emilbek Kaptagayev mamlakat poytaxti Bishkek shahrini Manas deb qayta nomlashni taklif qildi. U Bishkek nomi shahardagi tumanlardan biriga berilishi kerak deb hisoblayapti.

"Bir necha yillardan keyin qiziqish uyg‘onmasligi uchun biz hozirdanoq poytaxtni Manas deb nomlash kerakmasmi? Shunday qilinsa har tomonlama adolatli bo‘lardi... Hozirgi Sverdlov tumaniga Bishkek nomini berish kerak, axir Pishpek qal’asi aynan o‘sha yerda joylashganku, balki Bishkek qishlog‘i ham o‘sha yerda bo‘lgandir... Bishkek botir yashab o‘tgani va u qilgan ishlar haqidagi va har yili yangi tafsilotlar bilan to‘lib borayotgan tushunarsiz asoslarga ega qandaydir afsonadan tashqari, bu bahsli masalaligicha qolmoqda", deydi Emilbek Kaptagayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Uning taklifiga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ba’zilari poytaxt nomini o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, ba’zilari qat’iyan qarshilik bildirgan.

Ta’kidlash kerakki, Kaptagayev poytaxt nomini o‘zgartirish bo‘yicha taklifi Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri Nur-Sulton deb o‘zgartirilishi ortidan birdirildi. Ostona shahri nomi 23 martdan rasman Nur-Sulton deb o‘zgartirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Bishkek Emilbek Kaptagaev

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing