ISHIDning jallodi Yevropada qo‘lga olindi

Olam

image

Vengriyada ISHID terrorchilik guruhining o‘lim jazosini ijro etuvchi vakili qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Huquq-tartibot organi ma’lumotiga ko‘ra, suriyalik erkak 2016 yilda ISHIDga a’zo bo‘lgan. Bundan tashqari, erkak Suriyaning Homs shahridagi ommaviy qatlda ishtirok etishda ayblanyapti. Hibsga olingan terrorchi 20 nafar tinch aholini o‘ldirilishiga ham aloqador bo‘lishi mumkin.

Erkak o‘tgan yilning 30 dekabr kuni Budapesht aeroportida qalbaki hujjatlar sabab qo‘lga olingan. Uni yashash ruxsatnomasi bo‘lgan davlat Gretsiyaga deport qilishga tayyorlashgan. Biroq keyinroq Vengriya hukumati Belgiya bilan hamkorlikda uning ISHID bilan aloqalarini o‘rgangan.


Maqola muallifi

Teglar

IShID terrorchi

Baholaganlar

448

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing