IIBB tungi klubda sodir etilgan tartibsizliklar borasida bayonot berdi

Jamiyat

image

Internetda Toshkent shahardagi ko‘ngilochar maskanlardan birida bir nechta shaxslar tomonidan mushtlashuv keltirib chiqargani tasvirlangan video tarqalgan edi. Ushbu video yuzasidan IIBB rasmiy saytida ma’lumot berildi.

Xabar qilinishicha, bu videodagi hodisa 3 mart kuni Sergeli tumanidagi “Utopiya” tungi klubida soat 2:00lar atrofida sodir bo‘lgan. Tasvirdan bilish mumkinki, bu mushtlashuvda o‘nlab yigitlar ishtirok etgan.

Toshkent shahar IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, ichki ishlar organlariga 3 mart kuni ham, undan keyingi kunlarda ham shaharning birorta ko‘ngilochar maskanlarda tartibsizliklar yuz bergani haqida hech qanday ma’lumot kelib tushmagan. Bundan tashqari, mushtlashuv natijasida jabrlanganlar haqida ham xabar yo‘q.

Lekin, IIBB ushbu videoyozuvga aniqlik kiritish va videoning qayerda va qachon tasvirga tushirilganini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlarini olib bormoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing