Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Professional boksda faoliyat olib borayotgan Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi. 

Unga ko‘ra, sportchi19 aprel kuni meksikalik Karlos Karlsonga qarshi ringga chiqadi. Bo‘lajak qarama-qarshilik AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Karlson shu paytgacha 28 bor jang olib borgan bo‘lib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan (14 nokaut) va 5 bor mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rgan. Murodjon Ahmadaliyev esa 5 bor ringga ko‘tarilib, ularning barchasida zafar quchgan. Ta’kidlash joiz, jang Toshkent vaqti bilan 20 aprel kuni tong payti boshlanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing