Xitoyda ish paytida ayollardan oilasi va farzandlari haqida so‘rash ta’qiqlandi

Olam

image

Xitoyda ayollarni ishga qabul qilish jarayonida ish beruvchi tomonidan ularning oilasi va farzandlari to‘g‘risida so‘rash taqiqlandi.

Endilikda ishga qabul qilish va o‘zaro hamkor izlash uchun o‘tkazilgan suhbat jarayonida nomzodlarning jinsini hisobga olish bekor qilindi. Bundan tashqari, ishga kirish uchun topshiriladigan homiladorlik testi tibbiy komissiya majburiy tahlillar ro‘yxatidan olib tashlandi. 

Qoidani buzganlarni 10 mingdan 50 ming yuangacha jarima kutmoqda. Inson huquqlari qattiq buzilgan holatda tegishli kompaniya litsenziyadan mahrum qilinishi mumkin.

“Reuters” agentligining ta’kidlashicha, dunyoning eng yirik iqtisodiy davlatlaridan biri bo‘lgan Xitoy Osiyoning eng ko‘p ayollar ishlaydigan mamlakati hisoblanadi. Ammo so‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich tusha boshladi. Jahon banki ma’lumotiga ko‘ra, 1990 yilda 15 yoshdan katta bo‘lgan xitoylik ayollarning 73 foizi ishlagan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 61 foizni tashkil etdi. 
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing