Gulnora Karimovaga bosim yuzasidan Bosh prokuratura izoh berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Gulnora Karimovaning o‘g‘li kichik Islom Karimov onasiga bosim o‘tkazilayotgani sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgani haqida xabar bergan edik. U o‘z murojaatida onasining oldiga shifokorlarning kirishi cheklab qo‘yilganini yozgandi.

Kichik Islom Karimovning mazkur iddaosiga aniqlik kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati bilan bog‘landik.

Bosh prokuratura Matbuot xizmati Gulnora Karimovaga bosim yo‘qligini va shifokorlar ham uning oldiga erkin kirishi mumkinligini ta’kidladi.

“Gulnora Karimovaning oldiga shifokorlarning kirishi uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Hatto u o‘zi istagan shifokorlarga ko‘rinishi ham mumkin”, dedi Bosh prokuratura Matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova onasi bilan tushgan suratni Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga joylashtirishi internet foydalanuvchilari o‘rtasida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova Bosh prokuratura kichik Islom Karimov

Baholaganlar

731

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing