FVV Qozog‘iston hududida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha maxsus bayonot berdi

Jamiyat

image

Bugun, 20 aprel kuni Qozog‘iston hududida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus bayonot berdi.

Qozog‘iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yil 20 aprel kuni soat 05:09 da Jambul viloyati Korday tumani hududidan o‘tuvchi “Chimkent-Olmaota” avtomobil yo‘lining 181 kilometrida Olmaota-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Olingan ma’lumotga ko‘ra, avtobus salonida 47 nafar yo‘lovchi bo‘lib, ular orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ham bo‘lgan. 

Avval xabar berganimizdek, yo‘l transport hodisasi oqibatida 11 nafar odam vafot etgan, shundan 8 nafari voqea joyida, 3 nafari esa shifoxonada vafot etishgan. Vafot etganlarning 3 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ekanligi aniqlandi. Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar idoralari hamkorlikda tegishli ishlarni amalga oshirishmoqda. 

Vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari:

Abduxoliqov U. 1993 y.t.
Kalmuratov A. 1988 y.t.
Ermekbayeva D. 1972 y.t.

Jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari:

Oljabayev A. 1994 y.t.
Xaitbayev O. 1985 y.t.
Abdusatirov Z. 1999 y.t.
Jumaniyazov M. 1996 y.t.
Axmetova R. 1994 y.t.
Matыvjanov O. 1985 y.t.
Seytmurat D. 1987 y.t.
Haydarov S. 1994 y.t.
Ilyasov M. 1974 y.t.
Ismiddinov A. 1997 y.t.
Mambetov N 1971 g. r
Japarov Sh. 1984 y.t.
Mukumjonov S. 1999 y.t.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Tezkor raqamlari” (+998 78) 147-10-50.

Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyati Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining “Tezkor raqamlari” +77262999054.


Maqola muallifi

Teglar

YTH FVV

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing