Yevrobondlar O‘zbekistonga nima beradi? Jamshid Qo‘chqorov javob berdi

Olam

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov “Bloomberg” bilan intervyuda mamlakat yevroobligatsiyalarni avvalambor investitsiyalarni jalb qilishda benchmark yaratish uchun chiqarganini ma’lum qildi.

Hukumat, shu tariqa, xorijiy investorlar bozorni baholashlariga yo‘nalish berib yuboradi.

Bugun, 14 fevral kuni O‘zbekiston 5 yilga mo‘ljallangan 500 mln dollarlik va 10 yilga mo‘ljallangan 500 mln dollarlik yevrobondlarni joylashtirdi.

Moliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, shu yilda davlat kompaniyalarining emas, tijorat banklarining qarz bozoriga chiqishi kutilyapti.

“Biz ular uchun yaxshi yo‘nalish (benchmark) yaratdik”, dedi Moliya vaziri.

Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston suveren yevrobondlarining chiqarilishi investorlar uchun yaxshi yangilik ekaniga ishonch bildirdi.

“Obligatsiyalar chiqarilishi bizni xorijiy investorlar va barcha hamkorlarimiz oldida javobgar qiladi”, deb ta’kidladi vazir.

Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekistonda statistik ma’lumotlarda shaffoflik va axborotlarning ingliz tilida mavjud emasligiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston Xalqaro valyuta jamg‘armasining ma’lumotlarni tarqatish uslub va standartlari tizmiga qo‘shilganini, hozirda barcha ma’lumotlarni XVJ bazasidan topish mumkinligini qayd etdi. Shuningdek, Qo‘chqorov Moliya vazirligi va Markaziy bank kabi davlatning asosiy iqtisodiy institutlari ma’lumotlarini ingliz tiliga tarjima qilish ishlari olib borilayotgani aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Qo'chqorov Bloomberg evroobligatsiya

Baholaganlar

104

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing