Estoniya urushga hozirlik ko‘rmoqda

Olam

image

Estoniya Mudofaa vazirligining mudofaa uchun investitsiyalar bo‘limi boshlig‘i Kusti Salmning ma’lumot berishicha, mamlakatning Mudofaa va armiya uchun qilayotgan xarajatlari uni urushga hozirlik ko‘rayotganidan dalolat beradi.

RIA Novosti agentligining xabar qilishicha, Salm bu xaqda Tallin shahrida o‘tkazilayotgan iqtisodiy xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan “Eesti 100Pluss Visioon” konferensiyasida ma’lum qilgan. 

Uning ta’kidlashicha, sotib olinayotgan qurol-aslahalar va o‘tkazilayotgan harbiy mashg‘ulotlar respublikaning urushga tayyorlanayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, Salm mudofaa sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar iloji boricha ko‘proq “qurol-aslaha va aloqa vositalarini” olish uchun o‘ta muhim ekanini qayd etdi. Ammo u Estoniya aynan kimga qarshi urush e’lon qilishini aytgani yo‘q. 

Ma’lumot uchun, mamlakatning qurolli kuchlari 5,5 ming askarni va 30 mingdan ortiq zaxiradagi askarlarni o‘z ichiga oladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Estoniya

Baholaganlar

132

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing