Yosh oilalarga qanday maqsadlarda kreditlar beriladi?

Bu qiziq

image

Yosh oilalarga qanday maqsadlarda mikrokreditlar beriladi? Bu savolga Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.

- oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun;

- mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer xo‘jaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyasini shakllantirish uchun;

- yakka tartibdagi tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklarini kengaytirish va rivojlantirish uchun.

Kreditlar quyidagi imtiyozli shartlar asosida beriladi:

- oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun mikrokreditlar bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda o‘rnatiladi;

- ipoteka kreditlari uch yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;

- moliyaviy iste’mol kreditlari olti oylik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kredit

Baholaganlar

843

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing